Sarvar Otamuratov

Siyosatchi
Sarvar Otamuratov
Tavallud sanasi:
1973 yil

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Sadullayevich Otamuratov 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy, Toshkent davlat universiteti falsafa-iqtisodiyot fakultetining sotsiologiya bo‘limini, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Sotsiologiya fanlari nomzodi.

1995–2006 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Valyuta-iqtisod bosh boshqarmasida yetakchi iqtisodchi, bosh iqtisodchi, bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari, bosh­qar­ma boshlig‘i lavozimlarida, 2006–2009 yil­larda sug‘urta kompaniyalarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

2009 va 2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.

2010–2014 yillarda O‘zbekiston Respub­likasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari sifatida fao­liyat ko‘rsatgan.

2013 yilda Sarvar Otamuratov O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi etib saylangan.

Uning bevosita rahbarligida partiya­ning kadrlar tarkibi mustahkamlandi, hu­dudiy partiya tashkilotlarining aholi bilan ishlash borasidagi faoliyati takomillashtirildi, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlarining joylarda O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi maqsad va vazifalarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha faoliyati kuchaytirildi.

2015 yildan bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Fraksiya rahbari lavozimida deputatlarning ijtimoiy va axborot sohalarini isloh etishga qaratilgan qonun loyihalarini ishlab chiqish, markaz va joylarda samarali deputatlik nazoratini amalga oshirishga doir tizimli faoliyatini tashkil etdi.

Sarvar Otamuratovning globallashuv sharoitlarida o‘zlikni anglashni kuchaytirish, fuqarolarda, ayniqsa, yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish va boshqa dolzarb mavzularga bag‘ishlangan qator risolalari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari va maqolalari chop etilgan.

Oilali, ikki farzandi bor.

 

Manbaa: http://www.elections.uz/uzb/events/candidates/6630/
Sayt foyda berdi!
87595 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi